1

Marhamat tumanida yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchini ketma-ket ikkita "Neksiya" urib yubordi

Jamiyat 24.03.2021, 16:31
Teglar: IIV YHXBB, Marhamat
Marhamat tumanida yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchini ketma-ket ikkita  "Neksiya" urib yubordi

Joriy yilning 24 yanvar kuni soat 17:30 larda, Andijon viloyati, Marhamat tumani hududidan o`tgan 4R-140 avtomobil yo`lining 27-kilometrida, haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan A.Sh "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi, 1995 yilda tug`ilgan J.A.ni urib yuborgan. Velosipedchi yiqilgandan so`ng, ushbu yo`nalishda kelayotgan haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan A.A. "Neksiya" rusumli avtomobilda yiqilgan velosipedchini bosib ketgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur YTH yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tegishli hujjatlar to`planib, tuman Jinoyat ishlari bo`yicha Sudiga yuborilish choralari ko`rilmoqda. 

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",–deyiladi IIV YHXBB axborotida. 

Sharhlar

Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Jurnalistning o`limiga sabab bo`lgan Tuproqqal`adagi YTH yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

20.09.2021, 18:35

Avvalroq, kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Sarimoy qishlog`i hududidan o`tgan A-380 "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996...
Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan buxorolik GAI qovun tushirdimi?

17.09.2021, 21:20

Ijtimoiy tarmoqda "Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan GAI xodimi qovun tushirdi" sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi.Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 16 sentyabr kuni Buxoro viloyati, Buxoro...
Ichki ishlar vazirligi YHXBB harakat ishtirokchilariga kasb etikasi va madaniyatiga amal qilmaslik holatlari bo`yicha murojaat yo`lladi

14.09.2021, 18:19

"Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatini tubdan takomillashtirish, fuqarolar bilan o`zaro muloqotni kamaytirish maqsadida sohaga axborot kommunikasiya texnologiyalari joriy etilmoqda",–deyiladi YHXBBning harakat ishtirokchilariga yo`llagan murojaatida.Shu bilan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1