1

Odam savdosidan jabrlangan voyaga etmagan shaxslar ham identifikasiya qilinadi

Jamiyat 01.04.2021, 17:44
Teglar: Odam savdosi
Odam savdosidan jabrlangan voyaga etmagan shaxslar ham identifikasiya qilinadi

Odam savdosidan jabrlangan yoki taxmin qilinayotgan voyaga etmaganlar ham dastlabki identifikasiya qilinadi va qayta yo`naltiriladi.  Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig`i Narimon Rahimov ishtirokidagi brifingda aytildi. 

Identifikasiya qilish jarayonida, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi Qonuniga asosan Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha idoralararo komissiya xabardor qilinadi.

Komissiya vakili mutaxassis bilan hamkorlikda voyaga etmagan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tarjimon, pedagog, psixolog va qonuniy vakilning ishtirokini ta`minlaydi.

Shu bilan birga, voyaga etmagan shaxs to`g`risidagi ma`lumotlarni sir tutilishini hamda ekspluatasiya va zo`ravonlikning barcha shakllaridan himoya qiladi.

Voyaga etmagan shaxslar bilan suhbat bir xil jinsdagi mutaxassis tomonidan o`tkaziladi.

Xorijdagi odam savdosidan jabrlangan yoki taxminan qilingan Voyaga etmagan shaxslar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 yanvardagi 6-son qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib kelinadi.

3 yoshgacha bo`lgan bolalarni vatanga qaytarish masalasi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Sharhlar

O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi

21.12.2022, 09:32

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati...
Toshkentda 100 nafar odamni aldab, 55 nafarini xorijga yuborgan jinoiy guruhga sud hukmi o`qildi (video)

30.11.2022, 21:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi...
Qizlarni Toshkentdan Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotgan ayollarga sud hukmi o`qildi

30.09.2022, 11:54

DXX matbuot xizmati "darakchi.uz"ga odam savdosi bilan shug`ullangan ayollarning jinoyatlari tafsilotlari haqida ma`lumot taqdim etdi.  Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida yashovchi, 1999 y.t. “M.R.” (ayol)...
30 iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni

30.07.2021, 16:32

Xalqaro mehnat tashkilotining hisob kitoblariga ko`ra butun dunyoda 21 million kishi majburiy mehnatning jabrlanuvchilari hisoblanadi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Pastdarg`om tuman sudi rais Xabibulla...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1