1

Nurdinjon Ismoilov: Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas

Siyosat 17.07.2021, 15:27
Teglar: Deputat, emlash, spiker
Nurdinjon Ismoilov: Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas

 Qonunchilik palatasining yaqinda bo`lib o`tgan yalpi majlisida mamlakatimizda fuqarolarning sog`lig`ini saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig`ilishda Sog`liqni saqlash vaziri A. Xadjibaev va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i B. Yusupalievning axboroti eshitildi.  

Majlisda deputatlar oxirgi vaqtlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari butun dunyoda, shu jumladan, mamlakatimizda ham yana ko`paya boshlagani xavotirga sabab bo`layotganini ta`kidladilar. Ayniqsa, aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash masalasi qizg`in bahs-munozaralarga sabab bo`ldi.

Ayrim deputatlar emlash tadbirlarini «majburiy tartibda» amalga oshirish zarurligini ta`kidlashdi. Ba`zilari esa, buni aksini aytishdi.

Muhokamalar davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov quyidagilarni ta`kidladi:

«Avvalo, ushbu masala, ya`ni aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi «majburiy emlash»ni joriy qilish, yalpi yig`ilish kun tartibiga qo`yilmagan. Aksincha, emlash ishlarini tashkiliy jihatdan to`g`ri va samarali yo`lga qo`yish, bu borada fuqarolarimizning xavfsizligini kengroq ta`minlash birinchi galdagi vazifa ekanligidan kelib chiqib, vaksinasiya ishlarini muhokama qilish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilib olingan.

Yana shuni alohida ta`kidlash kerakki, ayni paytda mamlakatimizda amalda bo`lgan «Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida»gi Qonunda fuqaroning o`z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur sharti ekanligi belgilab qo`yilmagan. Shuningdek, fuqaro va uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to`xtatilishini talab qilish huquqiga ega degan talab qat`iy mustahkamlab qo`yilgan. 

Xuddi shu kabi normalar boshqa bir qator qonunlarda ham mavjudligi emlash tadbirlarini majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emasligini ko`rsatadi. Ya`ni, emlash tadbirlarini majburiy amalga oshirish uchun avvalo, bir qator huquqiy hujjatlarga belgilangan tartibda o`zgartish yoki qo`shimchalar kiritish talab etiladi.

Sharhlar

Finlyandiyada deputat otishma sodir etdi

27.04.2024, 18:24

Finlyandiya parlamentining o`ng qanot “Haqiqiy Finlar” partiyasi a`zosi restoran oldida otishma sodir etganlikda gumon qilinib, hibsga olindi.Dastlabki tergovga ko`ra, hodisa restoran yonida sodir bo`lgan. Polisiya xabarida aytilishicha, gumonlanuvchi hamkasbi bilan og`zaki...
SSV: "246 ming nafardan ortiq bola ixtiyoriy ravishda vaksina bilan emlandi"

04.11.2021, 10:59

 O`zbekistonda 3 noyabr holatiga ko`ra, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar orasidan 246 033 nafari Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash...
Yil oxiriga qadar 80% aholi emlanadi — Behzod Musaev

22.10.2021, 08:51

Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi  Prezidenti  saylovini xolis va haqqoniy yoritishni ta`minlashga munosib hissa qo`shish maqsadida tashkil etilgan  Xalqaro media hollda "Aholining ijtimoiy muhofazasi: dolzarb masalalar"...
Yarim milliondan ortiq keksalar koronavirusga qarshi to`liq emlandi

19.09.2021, 16:32

Yarim milliondan ortiq keksalar koronavirusga qarshi to`liq emlandi. Bu haqda SSV xabar berdi. Unga ko`ra, 15 sentyabr holatida 65 yoshdan katta bo`lgan fuqarolarni emlash uchun 1...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1