1

Yuqori chirchiqlik fuqaroning firibgarligi uni panjara ortiga etakladi

Jinoyat 25.05.2016, 12:25
Teglar: Jazo, Toshkent, Jinoyat
Yuqori chirchiqlik fuqaroning firibgarligi uni panjara ortiga etakladi

Har bir jinoyat sodir etgan kishi yurtimiz qonunchiligi talablariga ko`ra jazo olishi muqarrar. Ammo hukm o`qish chog`ida bir qator jazoni engillashtiruvchi holatlar ham inobatga olinishi qonunbuzarning kelgusida zulmat ko`chalarga qayta bosh suqmasligini ta`minlashda asosiy omil vazifasini o`tashi ko`zda tutilgan. Afsuski, oramizda o`ziga berilgan ishonchni suiiste`mol qilib, avvalgi qing`ir ishlariga takror qo`l urayotganlar ham uchrab turibdi. Ayni shunday jinoyat tafsilotlaridan biri “Huquq” gazetasining 17-sonida chop etildi.

Yuqori chirchiqlik 35 yoshli Latif Ostonov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) avval ham ikki marotaba jinoyat sodir qilib, sudning qora kursisiga o`tirgan va amnistiya aktiga ko`ra jazodan ozod qilingan edi. Xo`sh, uning takror jinoyat ko`chasiga kirmay, to`g`ri hayot yo`lini boshlashi uchun nima to`sqinlik qildi? U yana jinoyatning qorong`u ko`chalariga kirdi.

Latif o`zining firibini ishga solish uchun Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanining G`azalkent shahriga yo`l oladi. Bu kimsa ushbu hududda turli ishlar qilib yurib, mahalliy aholining ishonchiga juda tez kiradi. Odamlar orasida go`yoki, o`zini barcha ishlarni osongina bitirib beradigandek ko`rsatishga erisha olgan Latifning qarmog`iga birin-ketin soddadil insonlar kelib ilinaveradi.

O`tgan yilning iyul oyida Dinara Shamilova otasi Nail Shamilov bilan xorijdagi qarindoshlarining oldiga tezda borishi kerak bo`ladi. Buning uchun ular tegishli joydan fuqarolik pasportlariga chet mamlakatlarga chiqishga ruxsat beruvchi viza qo`ydirishlari kerak edi. Buni eshitgan L.Ostonov Nail va Dinara Shamilovani firibgarlik yo`li bilan aldab, Toshkent viloyat IIBning xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiy-lashtirish bo`limida tanishi borligini aytadi. Go`yoki uyali telefonida o`sha odam bilan gaplashgandek bo`lib, xizmat haqi evaziga ulardan 100 AQSh dol-lari hamda 300 ming so`m pullarini olib, juftakni rostlaydi.

***

Latifning to`riga fuqaro Sojida Xoliyorova ham osongina ilinadi. Shami-lovlardan undirgan puliga dala hovlida maishat qilayotgan L.Ostonov o`sha erdagi uylardan birida ijarada turgan S.Xoliyorovani ham arzonga uy olib beraman, deya 2 ming 700 AQSh dollarini oldi-yu, va`dasini esdan chiqardi. Biroq, S.Xoliyorova Latifni tinch qo`ymadi. Undan pulini talab qilaverdi. Mana shu jarayonda firibgar yana bir nayrangni o`ylab topadi. Uy masalasi hal bo`lmadi, deb gapni boshqa tomonga buradi, firibgar. S.Xoliyorovaga bergan puliga yana 300 AQSh dollari qo`shsa, o`g`lini oliy o`quv yurtiga kiritib qo`yishini aytadi. Yaxshiyamki, S.Xoliyorova ushbu pullarni uning qo`liga tutqazib yubormaydi. Bu holat haqida tegishli joyga ariza bilan murojaat qiladi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o`tkazilgan tadbirda L.Ostonovning qo`llariga kishan solindi. Sud firibgarlikni kasb qilgan bu shaxsga nisbatan jazo tayinlab, hukm o`qidi.

 

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1