1

Poytaxt hokimligi daraxtlar tagi betonlab ketilayotganiga guvoh bo`lganlardan xabar berishlarini so`ramoqda

Jamiyat 04.06.2022, 09:54
Teglar: Toshkent, daraxt, beton
Poytaxt hokimligi daraxtlar tagi betonlab ketilayotganiga guvoh bo`lganlardan xabar berishlarini so`ramoqda

Toshkent shahar hokimligi fuqarolardan daraxtlar atrofi zich qilib betonlangani yoki asfalt yotqizilayotganini ko`rganda Xalq Nazorati xizmatiga xabar berishlarini so`ramoqda. 

"Afsuski, ko`pincha daraxtlarga mas`uliyatsiz munosabat uchraydi - zich qilib betonlash yoki daraxt tanasiga yaqin qilib asfalt yotqizish, bu sug`orish, tuproqning nafas olishi va daraxt o`sishi uchun joy qoldirmaydi. Ammo birgalikda biz daraxtlarni saqlab qolishimiz va beparvo quruvchilarning harakatlaridan zararni bartaraf etishimiz mumkin.

Sizlarni faol harakatga va befarq bo`lmaslikka chaqiramiz: Agar daraxtlar atrofi zich qilib betonlangani yoki asfalt yotqizilayotganini ko`rsangiz, Xalq Nazorati xizmatining maxsus bo`limiga xabar bering. U daraxtni betonlash haqidagi ma`lumotlarni maqsadli qayta ishlash uchun yaratilgan va to`g`ridan-to`g`ri ijrochilar bilan tezda bog`lanishga yordam beradi.

Xalq Nazorati → “Jamoat joyi” → “Ekologiya” bo`limi → “Betonlangan daraxt tanasi” bandini tanlang.

Daraxtlar bilan bog`liq muammolar haqida 268 ta xabarning 66 tasi betonlash bog`liq. 61 ta daraxt beton tutqunligidan ozod qilingan, qolgan 5 tasida ish jarayoni ketmoqda va nazorat ostida (31 may holatiga ko`ra).

Bunday muammolar haqida xabar beruvchi, ular bartaraf etilganidan keyin betondan ozod qilingan daraxtlarning fotosuratlarini e`lon qiluvchi Telegram-kanallarga minnatdorchilik bildiramiz. Echim yanada tezroq bo`lishi uchun esa, foydalanuvchilardan to`g`ridan-to`g`ri Xalq Nazorati'ga murojaat qilishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

Ma`lumot uchun: “Xalq nazorati” xizmati poytaxt aholisi va Toshkent shahridagi shahar xizmatlari xodimlarining samarali hamkorligi uchun interaktiv xizmatdir. 2021 yil 16 fevralda ishga tushirilgandan buyon 9222 nafar foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan bo`lib, ularning murojaatlari bo`yicha 8377 ta muammo bartaraf etilgan. Murojaatlarning aksariyati uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga tegishli.

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1