1

Farg`onada Qirg`izistonga moddiy boyliklar olib o`tishga mo`ljallangan erosti yo`li aniqlandi

Jamiyat 24.06.2022, 20:44
Teglar: Qirg`iziston, Farg`ona, Erosti yo`li
Farg`onada Qirg`izistonga moddiy boyliklar olib o`tishga mo`ljallangan erosti yo`li aniqlandi

Farg`ona viloyatining Rishton tumanida Qirg`iziston Respublikasiga noqonuniy olib o`tuvchi erosti yo`li aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan DXX Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Rishton tumanida yashovchi fuqaro T.M. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan, taxminiy qiymati 15 mlrd. so`mlik 2707 dona mobil telefonlar (IPhone 13 Pro Max, Samsung Galaxy S 22 ultra, RedMe Note 11 pro va h.k.) borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro T.M. yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, Qirg`iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib o`tuvchi, eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr bo`lgan erosti yo`li mavjudligi aniqlandi.

Ta`kidlanishicha, ushbu erosti yo`li Qirg`iziston Respublikasidan tovar-moddiy boyliklar olib o`tishga mo`ljallangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi

15.05.2024, 13:27

Farg`onada "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimining faol a`zosi bo`lgan Abdumutal Abdurahimov qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan...
Farg`onada Milliy gvardiya xodimi o`quvchilarga tarsaki tushirdi(video)

14.05.2024, 12:51

Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo`shtepa tumanidagi maktabda o`quvchilariga tarsaki tushirgan xodim ishi yuzasidan ma`lumot berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanida joylashgan maktabda Milliy gvardiya xodimi maktab...
Qirg`izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi

07.05.2024, 14:50

Qirg`izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi.Qirg`izistonda bolalarni ommaviy tadbirlar o`tkazish uchun jalb qilish taqiqlandi. Tegishli topshiriq Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov tomonidan berilgan. Bu...
Farg`onadagi avtoturargohda nazoratchi ayol va haydovchi o`rtasida janjal kelib chiqdi

19.04.2024, 13:43

Joriy yilning 11 aprel kuni Farg`ona shahardagi  “Shodlik Qirguli avto” MChJda nazoratchi bo`lib ishlovchi Z.S. (ayol) hamda Farg`ona-Toshloq yo`nalishida qatnovchi haydovchi B.O. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1