1

Samarqandda "Nexia-2" va "Malibu" ishtirokidagi YTHda ikki nafar IIB xodimi va yana bir fuqaro halok bo`ldi

Jamiyat 24.06.2022, 22:42
Teglar: YTH, ​Samarqand
Samarqandda "Nexia-2" va "Malibu" ishtirokidagi YTHda ikki nafar IIB xodimi va yana bir fuqaro halok bo`ldi

Toyloq tumanida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 23 iyun kuni soat 00:30larda Samarqand viloyati Toyloq tumani «Charog`bon» mahallasi hududidan o`tuvchi A-377 avtomobil yo`lining 7 km.da Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M.Xursandov boshqaruvida bo`lgan d/r 30 021 NAA «Nekciya-2» rusumli avtomashina yo`lning Urgut yo`nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Toyloq tumanida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.P.ning boshqaruvida bo`lgan d/r 30 O 201 XA «Malibu» rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, «Nekciya-2» rusumli avtomashinada bo`lgan M.Xursandov, yo`lovchilari Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R.Razzoqov hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957 y.t. fuqaro Sh.M.lar olgan og`ir tan jarohatlari oqibatida vafot etganlar.

«Nekciya-2» rusumli avtomashinaning qolgan yo`lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 1992 y.t. A.I. va 1994 y.t. N.M. hamda «Malibu» rusumli avtomashina haydovchisi A.P., yo`lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 2005 y.t. A.M. va 2004 y.t. A.R.lar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 23 iyun kuni Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Samarqandda o`quvchi qizga shilqimlik qilgan o`qituvchi atiga 3 sutkaga qamaldi

06.05.2024, 15:23

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug`ilgan yigit 24 yanvar kuni soat 11:30 larda o`zi ishlab kelayotgan Urgut tumanidagi maktabda dars o`tish jarayonida shu maktabning 11 sinfida...
Samarqandda 8 sinf qizni urib yuborgan haydovchi maktab o`quvchisi ekani aniqlandi

06.05.2024, 14:19

Samarqand shahrida 29 aprel kuni Cobalt mashinasi 15 yoshli o`quvchi qizni urib yuborgani, oqibatda qiz tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.Soat 17:00...
Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1