1

Kitob tumani markaziy shifoxonasidagi pichoqbozlik bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 20.07.2022, 09:14
Teglar: Video, Kitob, pichoq
Kitob tumani markaziy shifoxonasidagi pichoqbozlik bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Kuni kecha, internet saytlari, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani tibbiyot birlashmasida bir guruh fuqarolar o`rtasida janjal yuz berganligi aks etgan videotasvirlar  e`lon qilindi. 

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 18 iyul kuni soat 12:48 da Kitob tumani "Samarqand" MFY hududida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan fuqaro T.O. turli jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasi qabul-diagnostika bo`limiga olib kelingan. Bemor zudlik bilan mutaxassislar tomonidan tegishli tekshiruvlardan o`tkazilib, unga birinchi yordam ko`rsatilgan va shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan.  

 Shu bemor bilan birga tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo`limiga "Samarqand" MFY hududida yashovchi, 1955 yilda tug`ilgan Q.R. ham jarohat olganligi sababli yotqizilgan.

Ushbu voqealardan biroz vaqt o`tib, tuman tibbiyot birlashmasi hovlisida bemor T.O. dan xabar olishga kelgan qarindoshlari hamda bemorga jarohat etkazganlikda gumonlanayotgan kishilar o`rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal natijasida yana bir guruh fuqarolar jarohatlangan.

Jumladan, "Samarqand" MFY hududida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan Q.I. va shu mahallada yashovchi, 1978  yilda tug`ilgan A.A.  sanchib kesilgan turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Fuqarolar o`rtasidagi janjal shu erda hozir bo`lgan ichki ishlar xodimlari tomonidan to`xtatilgan. Jarohatlangan fuqarolarga zudlik bilan tegishli tibbiy yordamlar ko`rsatilgan.

Ayni paytda yuqorida qayd etilgan 4 nafar bemorning ahvoli qoniqarli, davolash jarayonlari davom ettirilmoqda.  Hodisa oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan boshqa bemorlar, bu erda faoliyat ko`rsatayotgan tibbiyot xodimlari va voqeaga guvoh bo`lgan boshqa fuqarolarga shikast etmagan. Holat bo`yicha huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1