O`zbekiston Bosh konsulligi Olmaotada og`ir ahvolga tushib qolgan vatandoshlarning eson-omon vataniga qaytishiga ko`maklashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning 3 nafar fuqarosi mehnatdan foydalanish maqsadida majburan ushlab turilgan 10 nafar vatandoshimizni qutqarishda yordam so`rab mamlakatimiz Bosh konsulligiga murojaat qilgan.
Murojaatchilarning aytishicha, bir guruh mahalliy aholi ularni zo`ravonlik bilan qo`rqitib, shaxsiy uyida saqlagan, shaxsiy buyumlari va uyali telefonlarini olib qo`ygan.
Bosh konsullik xodimlari Olmaota shahar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda O`zbekiston fuqarolari joylashgan joyga borishdi, shundan so`ng fuqarolar Bo`stondiq tuman IIBga olib ketildi. Jinoyatchilarga nisbatan Qozog`iston Jinoyat kodeksining 389-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
“Rodnik” jamoat fondi bilan birgalikda fuqarolar 3 mahal ovqatlanadigan yotoqxonaga joylashtirildi. Tergov tadbirlari o`tkazilib, O`zbekiston fuqarolariga milliy pasportlari va shaxsiy buyumlari qaytarilgach, 1 avgust kuni barcha fuqarolar Olmaota-Toshkent yo`nalishidagi avtovokzalga kuzatib qo`yildi. Fuqarolar O`zbekistonga eson-omon etib kelishgan.
18.03.2024, 12:51
Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...01.04.2023, 11:02
Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...03.02.2023, 10:42
Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...02.02.2023, 11:56
Turkiston viloyatidagi qator hududlarda kuchli suv toshqini kuzatilmoqda. Ma`lumotni Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqladi.Ma`lum qilinishicha, Qozog`istonda Kentau va Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanda suv...