1

“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolarini ishlab chiqarish holati o`rganildi (Foto)

Iqtisodiyot 05.08.2022, 10:25
“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolarini ishlab chiqarish holati o`rganildi (Foto)

“O`zbekneftegaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari import o`rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolarini ishlab chiqarilishi, mahsulotni saqlash, sotish hamda etkazib berish jarayonlari bilan tanishish maqsadida “Uzbekistan GTL” zavodida bo`ldi. 

Tashrif mobaynida, Boshqaruv raisi “Uzbekistan GTL” zavodi Texnik direktori Marsel Yurgen Krauze va “Ishchi guruh” a`zolari bilan birgalikda GTL zavodidagi qurilmalarning bugungi ish faoliyati joyiga chiqqan holda o`rganildi. Shu bilan bir qatorda, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari ham muhokama qilindi.

“Uzbekistan GTL” zavodida faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassis zavodning ishlab chiqarish jarayonlari bir maromda davom etayotgani va bu o`ziga xos muvaffaqiyat ekanligini ta`kidlab, qurilmalarni sanoat xavfsizligi mezon va qoidalariga qat`iy rioya etilayotgani, ekspluatasiya qilish, qurilmalardagi asbob-uskunalarni ish faoliyati doimiy monitoring qilinayotgani bo`yicha hisobot va ma`lumotlar berdi.

Boshqaruv raisi tomonidan ekspluatasiya davrini uzaytirish uchun o`rganishlar olib borish va qurilmalarda faoliyat yuratayotgan xodimlarni doimiy ravishda bilim va malakalarini oshirib borishga qaratilgan ko`rsatmalar berildi.

“Uzbekistan GTL” zavodi Bosh direktorning birinchi o`rinbosari Odiljon Karimov 2022 yilning yanvar-iyul oylarida o`tkazilgan suhbatlar natijasida Qarshi muxandislik iqtisodiyoti institutining 37 nafar, Toshkent davlat texnika universitetining 25 nafar, Toshkent kimyo texnologiya institutining 16 nafar va boshqa oliy ta`lim muassasalarining 22 nafar bitiruvchilari tanlovlar asosida ish bilan ta`minlanganini, ularning allaqachon ishlab chiqarish jaranlariga moslashib ketganini bildirdi.

Shundan so`ng, “Ishchi guruh” a`zolari tomonidan zavodda sintetik dizel yoqilg`isi ishlab chiqarish, saqlash holatlari o`rganildi hamda sotish ishlari bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ham tahliliy ko`rib chiqildi.

Boshqaruv raisi GTL dizel yoqilg`isi sotilishi boshlanganini ta`kidlab, qisqa muddat ichida jami 30 ming tonnaga yaqin sintetik dizel mahsuloti O`zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi savdosi platformasi orqali realizasiya qilinganini e`tirof etdi. Qo`shimcha ravishda, nafta mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirishga doir vazifalar belgilab berildi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kengaytirish doirasida 2022 yil 22 iyul kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodida sintetik “GTL” naftasining birinchi partiyasi qabul qilingan bo`lib, shuning uchun har oyda 5 ming tonna “GTL” sintetik naftasi etkazib berish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar, birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga bo`lgan ichki ehtiyojlarini qoplash bo`yicha vazifalar belgilab berildi.

“Uzbekistan GTL” zavodida mavjud generatorlardan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan Sho`rtan gaz kimyo majmuasi texnologik jarayonlarini va Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi ob`ektlarini, “BATEMAN”, “KMPO” va “Shimoliy Nishon” siquv kompressor stansiyalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlash borasidagi ishlar holati ham o`rganilldi.

Bundan tashqari, zavodning ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va rahbar xodimlar ishtirokida ishchi yig`ilish o`tkazildi va sintetik yonilg`i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi uzluksizligini ta`minlash, iste`molchilarga o`z vaqtida va sifatli yonilg`i mahsulotlarni etkazib berilishini bo`yicha zaruriy ko`rsatmalar berildi.

Zavodda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbat o`tkazilib, ularning yashash va ishlash uchun yaratilgan sharoit o`rganildi. Ishchi-xodimlarning takliflari bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlar yaratilishi belgilab olindi.

Eslatib o`tamiz, GTL zavodida yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg`isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1