1

15 yoshli engil atletikachimiz Sharifa Davronova Jahon chempionatida g`olib bo`ldi

Sport 07.08.2022, 10:22
15 yoshli engil atletikachimiz Sharifa Davronova Jahon chempionatida g`olib bo`ldi

Ayni kunlarda Kolumbiyaning Kali shahrida engil atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi (U20) Jahon chempionati o`tkazilmoqda.  Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Sharifa Davronova 14.02 metr natija bilan oltin medalni qo`lga kiritdi.

Davronova hali 15 yoshda bo`lib, eng yaqin ta`qibchisini 66 smga ortda qoldirdi.  

Shuningdek, uning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko`rsatkichi bo`ldi.  

1. Sharifa Davronova (O`zbekiston) – 14.04

2. Soxane Aukagos (Fransiya) – 13.38

3.Tiana Boras (Avstraliya) – 13.30

Biroz oldin, Safina Sadullaeva “Brilliant liga”da g`alaba qozongan birinchi o`zbekistonlik atletga aylangani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1