1

O`zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan joy olishdi

Sport 07.08.2022, 12:22
O`zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan joy olishdi

Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahrida dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi Osiyo chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Bellashuvlarni og`ir vazn toifasidagi polvonlar tugatib berishdi.

Murosasiz bahslar yakunida +100 kg vazn toifasidagi vakillarimiz Bekmurod Oltiboev hamda Shohruh Baxtiyorov bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

Shu tariqa, dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 3-o`rinda yakunlashdi.

Yakun:

1. Yaponiya: 9ta oltin, 3ta kumush,

2. Mo`g`uliston: 2ta oltin, 5ta bronza

3. O`zbekiston: 1ta oltin, 2ta kumush, 6ta bronza.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1