O`zbekiston engil avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha Rossiyani ortda qoldirdi

Iqtisodiyot 08.08.2022, 16:30
O`zbekiston engil avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha Rossiyani ortda qoldirdi

"UzAuto Motors" kompaniyasi 2022 yilning dastlabki olti oyida 160 000 dona avtomobilni sotuvga chiqarib, ishlab chiqarish bo`yicha rekord o`rnatdi.

«Katta ishonch bilan ta`kidlash mumkinki, MDH mamlakatlari ichida avtomobil ishlab chiqarish hajmlari bo`yicha 2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko`ra etakchilik shohsupasi aynan o`zbek kompaniyasiga tegishli»,- deb hisoblaydi PROMREYTING tahlil agentligi ekspertlari. 

Rossiyaning mazkur agentligi yangi tadqiqotiga ko`ra, joriy yilning dastlabki 6 oyida O`zbekiston Rossiya Federasiyasiga nisbatan ko`proq engil avtomobil ishlab chiqardi va MDH avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida ishlab chiqarish hajmlari bo`yicha etakchilikni qo`lga kiritdi.

9 ta Hamdo`stlikka a`zo mamlakatlarning beshtasida o`z avtomobil sanoati mavjud, deya ta`kidlamoqda avtomobil ishlab chiqarish hajmlari bo`yicha MDH mamlakatlarining eng yirik kompaniyalari reytingini tuzishni maqsad qilgan agentlik. Bunda 2021 yil va 2022 yilning birinchi yarmiga oid ma`lumotlar hisobga olingan. So`nggi oylarda jahon siyosati va iqtisodiyotidagi vaziyat keskin o`zgargani sababli bu yilgi statistika o`z ichida ayrim kutilmagan holatlarni qamrab olgan, deb ogohlantiradi tadqiqot mualliflari. 

Boshlanishiga MDH tarkibiga qaysi mamlakatlar kirishini eslatib o`tish joiz, bu - Rossiya, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Armaniston, Ozarboyjon, Moldaviya, Tojikiston va O`zbekiston. 9 ta davlat aholisining umumiy soni — 250 mln kishi atrofida, ya`ni bu ulkan bozor, garchi MDH doirasida umumiy iqtisodiy makon bilan umumlashtirilmagan bo`lsa-da. Sanab o`tilgan mamlakatlardan faqat dastlabki beshtasi yagona bojxona va iqtisodiy makon sharoitida ish olib boradi, boisi ular boshqa mintaqaviy integrasiya tashkiloti – Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII), garchi alohida toifadagi tovarlar uchun tashqi savdo hamkorligining soddalashtirilgan va o`ziga xos shartlar asosidagi ba`zi shakllari MDH ichkarisida ham ko`zda tutilgan.

Rivojlangan avtomobil sanoati SSSR davridan boshlab Rossiya va Belarusda tarixan shakllangan. So`nggi 25 yil ichida O`zbekiston va Qozog`istonda ham yirik avtosanoat korxonalari noldan barpo etildi. Shuningdek, Belarusda engil avtomobil ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. So`nggi yillarda Ozarbayjonda kichik avto yig`ish korxonalari paydo bo`ldi.

"Shu o`rinda qayd etish kerakki, - ta`kidlanadi tadqiqotda, - so`nggi yillarda Qozog`istonning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bir vaqtning o`zida bir nechta biznesini yopib tang vaziyatga tushib qoldi. Hozirda etakchilik maqomi "AZIYa AVTO"dan "SararkaAvtoProm"ga o`tdi. Vaziyatni odatiy deb bo`lmaydi. Biz bu qadar yirik mojarolar va biznesning bo`linishidan ancha chiqib qolganmiz. Har holda bu to`qsoninchi yillar emas..."

Shuningdek, AVTOVAZning Ijevsk maydonchasidagi “osilib turgan” holatni ham aytib o`tish kerak. Tadqiqot o`tkazilish vaqtida media makonida Lada Vesta’ning ishlab chiqarilishini Ijevskdan Tolyattiga ko`chirish ehtimoli haqida xabarlar tarqaldi. 

Ushbu 5ta mamlakatda 2021 yil yakunlariga ko`ra engil+engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari nisbati quyidagicha:

1.   Rossiya — 1,4 mln avto

2.   O`zbekiston — 236 ming

3.   Qozog`iston — 93 ming (yuk mashinalari va avtobuslar bilan birga)

4.   Belarus —35 mingga yaqin

5.   Ozarboyjon — 2 ming

2021 yil yakunlariga ko`ra, MDHda engil va engil tijorat avtomobillari yirik ishlab chiqaruvchilari TOP-10ligi qo`yidagicha ko`rinishga ega:

1.    AVTOVAZ (Tolyatti va Ijevsk, Rossiya) — 430 ming avto;

2.    UzAuto Motors (Asaka va Xorazm, O`zbekiston) — 236 ming;

3.    Hyundai Motor Manufacturing Rus (Sestroresk, Rossiya) — 234 ming;

4.    Avtotor (Kaliningrad, Rossiya) — 177 ming;

5.    Volkswagen Group Rus (Kaluga, Rossiya) — 118 ming;

6.    GAZ (Nijniy Novgorod, Rossiya) — 117-127 ming avto: 65-75 ming o`z brendidagi engil tijorat avtomobili (aniq ma`lumot yo`q) + 52 ming engil VW va Skoda avtomobili;

7.    Renault Rossiya (Moskva, Rossiya) — 88 ming;

8.    Toyota Motor Manufacturing Rus (Shushar, Rossiya) — 81 ming;

9.   SararkaAvtoprom (Kostanay, Qozog`iston) — 60 ming (yuk avtomobillari va avtobuslar bilan birga);

10. Nissan Motor Manufacturing Rus (Sankt-Peterburg, Rossiya) — 45 ming.


 

«2022 yilning birinchi yarmida Evroosiyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat ma`lum sabablarga ko`ra keskin o`zgardi. Ukrainadagi voqealar tufayli G`arb fevral oxiridan buyon Rossiyani sanksiyalar bilan ayovsiz "bo`g`moqda". Evropa va Yaponiya kompaniyalarning aksariyat qismi noma`lum vaqtga RFdagi faoliyatini to`xtatdi. Xorijdan butlovchi qismlarning to`liq etkazib berilmasligi oqibatida Rossiya kompaniyalariga tegishli avtozavodlarda normal avtomobil ishlab chiqish sur`ati izdan chiqdi», - ma`lumot beradi PROMREYTING.

Rossiya avtosanoati etakchisi — AVTOVAZ — 2022 yilning yanvar-iyun oylarida avtomobil ishlab chiqarishga oid ma`lumotlarni oshkor qilmadi, ammo mustaqil ekspertlarning taxmin qilishicha, ko`rsatilgan davrda kompaniya o`zining ikkita avtozavodida jami 80 mingdan ko`p bo`lmagan mashinani yig`di, negaki, komponentlarning etib kelishidagi uzilishlar sababli AVTOVAZ quvvatlari fevraldan iyulgacha bo`lgan vaqt oralig`ida asosan ishsiz turib qoldi. 

Rossiyadagi Hyundai zavodi mart boshidan buyon siyosiy sabablarga ko`ra ishlashdan to`xtagan, biroq dastlabki ikki oy yakunlariga ko`ra u 40 mingga yaqin mashinani sotuvchga chiqarishi mumkin edi.

2022 yil boshidan buyon RF hududidagi boshqa avtozavodlarda mashina ishlab chiqarish natijalariga oid ma`lumotlar juda kam.

Ishonch bilan aytish mumkinki, 2022 yil davomida O`zbekiston va Qozog`iston avtozavodlari o`z konveyerlarida mashina chiqarishni faol oshirib boradi, negaki ular ayni payda Rossiya va Belarusdagi korxonalar aziyat chekayotgan xalqaro cheklovlardan holi.

Bundan tashqari, "UzAuto Motors" to`g`ri investisiya siyosatini olib bormoqda. Kompaniya o`z ishlab chiqarish quvvatlarida "GM GEM" platformasidagi avtomobillarning ishlab chiqarilishini yo`lga qo`yish uchun 620 mln dollar sarmoya kiritdi. 2022 yilning iyulidan (bu inqirozning ayni avj pallasi ekanligini hisobga olish zarur) o`zbek kompaniyasining Asaka shahridagi quvvatlarida eng yangi Chevrolet Tracker krossoverining ommaviy ishlab chiqarilishiga start berildi. 2023 yil boshida unga "Sedan", "Chevrolet", "Onix" qo`shiladi.

Keltirilgan ma`lumotlarga tayanib, ishonch bilan aytish mumkinki, MDHdagi avtomobil ishlab chiqarish geografiyasi yaqin yillarda sezilarli darajada o`zgarmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1