1

“O`zbekneftgaz”: Safina Sadullaeva “Brilliant liga”da g`alaba qozongan ilk o`zbekistonlik atletga aylandi, Sharifa Davronova esa yoshlar o`rtasida (U20) jahon chempionligini qo`lga kiritdi

Sport 09.08.2022, 17:00
“O`zbekneftgaz”: Safina Sadullaeva “Brilliant liga”da g`alaba qozongan ilk o`zbekistonlik atletga aylandi, Sharifa Davronova esa yoshlar o`rtasida (U20) jahon chempionligini qo`lga kiritdi

Xabaringiz bor, "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev 2022 yilning 8 fevral kunidan boshlab O`zbekiston engil atletika federasiyasi raisi sifatida ham ish boshlagan edi.

O`tgan qisqa davrda, Mehriddin Abdullaev sport murabbiylari va sportchilar bilan bir necha bora uchrashib, seleksiya ishlariga jiddiy e`tibor qaratdi. Iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan sharoit hamda imkoniyatlar bilan tanishib atletlarning xorijda mashg`ulot o`tashlari, o`zaro tajriba almashishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratildi.

Shu jumladan, ham ma`nan ham moddiy jihatdan ularni qo`llab-quvvatlash choralari ko`rildi va bu o`z natijasini uzoq kuttirmadi. Avgust oyining ilk kunlaridanoq musoboqalarda ishtirokini boshlagan atletlarimiz ketma-ket g`alaba qozonishdi.

2022 yilning 6 avgust kuni engil atletika bo`yicha Polshada “Brilliant liga” musobaqasi bo`lib o`tdi. Engil atletikaning balandlikka sakrash yo`nalishi bo`yicha jahonning eng kuchli sportchilaridan biri bo`lgan hamyurtimiz Safina Sadullaeva “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qo`lga kiritdi.

Alohida ta`kidlash kerakki, Safina jahon chempionatidan keyingi nufuzli o`rinda turuvchi musobaqada g`alaba qozongan birinchi o`zbekistonlik atletga aylandi. U shunday tarzda o`z nomini zarhal harflar bilan o`zbek sporti tarixiga yozib qo`ydi.

1. Safina Sadullaeva (O`zbekiston) – 1.92
2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.92
3. Katerina Tabachnik (Ukraina) – 1.88.

Yana bir atletimiz Sharifa Davronova esa Jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo`ldi. Kolumbiyaning Kali shahrida engil atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi (U20) jahon chempionatida 15 yoshli Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida (14,02 m) g`alaba qozondi.

U eng yaqin ta`qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, atletning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko`rsatkichi bo`ldi. Mazkur yo`nalishda kuchli uchlikda O`zbekistondan tashqari Fransiya va Avstraliya vakillari bor.

• 1-o`rin — Sharifa Davronova (O`zbekiston) — 14,04 m
• 2-o`rin — Soxane Aukagos (Fransiya) — 13,38 m
• 3-o`rin — Tiana Boras (Avstraliya) — 13,30 m

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi hamda O`zbekiston engil atletika federasiyasi raisi Mehriddin Abdullaev terma jamoa a`zolariga tabrik yo`llab, ularning bu g`alabalari yoshlarga ajoyib namuna bo`lganini ta`kidladi hamda o`zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1