Samarqandda 11,5 kg oltin kukunini noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Jinoyat 10.08.2022, 13:02
Samarqandda 11,5 kg oltin kukunini noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatida 11,5 kilogrammdan ortiq oltin kukunini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qo`lga olindi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, ikki nafar fuqaro Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar ularga 50 ming dollar evaziga 11,5 kilogramm oltin kukunini sotmoqchi ekanini bildirgan. Ushbu shaxslar oltin kukunini Samarqand shahriga olib kelib berishni va`da qilgan.

Mazkur arizaga asosan Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida 6 nafar shaxs ariza mualliflariga 11,575 kilogramm oltin kukunini 50 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1