1

Kim Chen Inning singlisi koronavirus tufayli Janubiy Koreyani yo`q qilib yuborish haqida tahdid qildi

Dunyo 11.08.2022, 13:39
Kim Chen Inning singlisi koronavirus tufayli Janubiy Koreyani yo`q qilib yuborish haqida tahdid qildi

KXDR rahbarining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo`mitasi propaganda va agitasiya bo`limi mudiri o`rinbosari Kim Yo Chjon uning mamlakatida koronavirus tarqatishga uringani uchun Janubiy Koreya hukumatini yo`q qilib tashlash bilan tahdid qildi. Bu haqda "RBK" yozadi. 

Agar dushman bizning respublikamizga virus kirishiga sabab bo`luvchi xavfli xatti-harakatlarini davom ettirsa, biz javob qilamiz, xuddi virusning o`zini yo`q qilganimiz kabi Janubiy Koreya hukumatini ham yo`q qilamiz», — dedi Kim Yo Chjon.

Uning so`zlariga ko`ra, COVID-19 ga qarshi turish — bu shunchaki virusga qarshi kurash emas, balki KXDR va uning xalqiga tahdid qilgan «dushman bilan haqiqiy urush»dir. Kim Chen Inning singlisi janubiy qo`shnining xatti-harakatlarini «xato» deb atadi.

Koreya respublikasi Birlashuv vazirligi Kim Yo Chjonning Seul Shimoliy Koreyada koronavirus avj olishiga aloqadorligi haqidagi bayonoti yuzasidan afsus bildirdi va ayblovlarni asossiz deb atadi.

Ta`kidlash joiz, KXDR rahbari Kim Chen In koronavirus ustidan g`alaba qozonilganini e`lon qildi. Uning aytishicha, iyul oxiridan buyon mamlakatda hech kim koronavirusga chalinmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1