Toshkentda MChJ mansabdorlari fuqarolarning 2 mlrd.dan ortiq pulini o`zlashtirib yubordi

Jinoyat 11.08.2022, 14:12
Toshkentda MChJ mansabdorlari fuqarolarning 2 mlrd.dan ortiq pulini o`zlashtirib yubordi

Juda ko`p miqdordagi pullarni o`zlashtirgan MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildiqo`zg`atildi. Bu haqda IIBB ma`lum qildi.

Ma`lum  bo`lishicha,  1991 yilda tug`ilgan E.E. va 1988 yilda tug`ilgan Z.G. 2022 yilning 10 yanvar kuni «RAYONA QUTLUG’» nomli mas`uliyati cheklangan jamiyatni tashkil qilgan. U 1 avgust kuniga qadar faoliyat olib borgan. Shu davrda fuqarolarga avtomashina hamda uy-joylarni boshlang`ich to`lovni 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda to`lab, qolgan pullarni 40 ish kunidan 3 yilgacha bo`lgan muddatda bo`lib to`lash imkonini beruvchi shartlar asosida olib berishi mumkinligini bildirishgan. Mijozlarni ishontirish maqsadida ular bilan shartnoma tuzishgan. Biroq MChJ mansabdor shaxslari fuqarolar tomonidan boshlang`ich to`lov sifatida to`langan pullarni, ya`ni dastlabki olingan ma`lumotga ko`ra 2.000.000.000 (ikki milliard) so`mdan ortiq miqdordagi pullarni noqonuniy ravishda o`zlashtirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-taroj qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


"Hurmatli fuqarolar! Agar siz «RAYONA QUTLUG’» MChJ faoliyatidan jabr ko`rgan bo`lsangiz Mirobod tumani IIO FMBga yoki 102 raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1