1

Rossiyaliklarga Shengen vizalarini berishni taqiqlash Evropa Ittifoqida ko`rib chiqilmoqda

Dunyo 11.08.2022, 17:12
Rossiyaliklarga Shengen vizalarini berishni taqiqlash Evropa Ittifoqida ko`rib chiqilmoqda

Rossiyaliklarga Shengen vizalarini berishni taqiqlash Evropa Ittifoqida ko`rib chiqilmoqda.

Evropa Ittifoqi rossiyaliklarga vizalar berilishini taqiqlash bo`yicha taklifni muhokamaga kiritgan. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtreyt ma`lum qilgan.

“Loyiha ba`zi davlatlar tomonidan EIga taqdim etilgan va shu tariqa kun tartibiga kiritilgan”, — deya Xberstreyt so`zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.

Germaniya TIV shuningdek, taklifda nafaqat sayyohlar, balki jurnalistlar, dissidentlar va Evropa Ittifoqi fuqarolarining qarindoshlari uchun ham vizani taqiqlash nazarda tutilganiga aniqlik kiritdi. Ta`kidlanishicha, bu taklif avgust oyi oxirida muhokama qilinadi.

Ba`zi Evropa Ittifoqi davlatlari bahorda vizalar berishni to`xtatgan. Ular orasida barcha Boltiqbo`yi davlatlari, Chexiya, Slovakiya, Malta bor. Polsha Rossiya fuqarolariga Rossiya yoki Belarusdan to`g`ridan-to`g`ri mamlakatga kirishni taqiqlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1