1

Farg`onada 64 yashar abiturient javob varaqasini boshqaga belgilatdi

Jamiyat 11.08.2022, 22:34
Farg`onada 64 yashar abiturient javob varaqasini boshqaga belgilatdi

Farg`ona davlat universiteti stadionida 10 avgust kuni test topshirgan 64 yoshli abiturientning javob varaqasini boshqa abiturient belgilab bergan. 

Davlat test markazi holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Kecha 2-smenada Farg`ona davlat universiteti stadionida o`tkazilgan test sinovida abiturient M.O (64 yosh) test topshiriqlarini ishlab bo`lganidan so`ng ko`zi yaxshi ko`rmasligini, chiroq yorug`ida javoblarni belgilashda doirachalarni adashtirib yuborayotganini aytib, javoblarni ko`chirib berishda yordam so`ragan.

Holat Davlat test markazi xodimlari tomonidan ko`rib o`rganilgan hamda abiturientga test topshiriqlari kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga bo`yash uchun shu guruhdagi test topshiriqlarini ishlab bo`lib, topshirgan abiturient (M.M) tomonidan yordam ko`rsatilgan.

Bunda yordam so`ragan abiturient (M.Ochilov) qaysi savolga qaysi javobni begilash kerakligini aytib turgan va yordamchi abiturient (M.Axmadalieva) javoblar varaqasiga bo`yashga yordam bergan.

"Jarayon guruhdagi qolgan abiturientlarning roziligi asosida Davlat test markazi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1