1

So'nggi 5 yilda birorta ajrim kayd etilmagan hudud yoxud jaziramada ham erta baxor shamoli esadigan G`elon kishlog`i...

Jamiyat 11.08.2022, 23:45
So'nggi 5 yilda birorta ajrim kayd etilmagan hudud yoxud jaziramada ham erta baxor shamoli esadigan G`elon kishlog`i...

Darakchi.uz' "Yoshlar turizmi" kurultoyida ayni shu kishloqqa tashrif buyurdi.

Shahrisabz shahridan 3 soatlik masofani tashkil etadigan G`elon qishlog`i aholisi 5 mingga yaqin. U erda asosan tojik millatiga mansub odamlarni uchratasiz. Hisor suv omboridan ko`tarilib qishloqqa yaqinlashib borar ekansiz, telefoningiz aloqadan uziladi. Betakror tabiat esa sizni lol qoldirmay qo`ymaydi... 

Mazkur hududga tashrif buyurgan har bir kishi yoqimli shabadani his qilib turadi. Hatto jaziramada ham. Buning sababi qishloq dengiz sathidan 2 600 metr balandlikda joylashgan.

Bilasizmi, G`elon qishlog`ida so`nggi 5 yilda bironta ajrim holati qayd etilmagan ekan. Buni hattoki davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev oxirgi marotaba o`tkazilgan qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda alohida e`tirof etgan edi.  

"G`elon qishlog`ida keyingi besh yilda bironta ham oilaviy ajrim qayd etilmagan. Biz buni qishloq ahlining o`zaro hamjihatligi, mahalla faollari, ayniqsa, nuroniylarimizning jonkuyarligi natijasi deb bilamiz. Bunday ijobiy tajribani butun el-yurtimizga ibrat qilib ko`rsatsak albatta arziydi. Bizga, elimizga ajrimlar yarashmaydi" ,-degan Shavkat Mirziyoev.

Turizm va madaniy meros vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Yoshlar turizmi" qurultoyida doirasida G`elon qishlog`iga tashkillashtirilgan info-turda qishloq hayotini ifoda etuvchi fotolarni kameramiz ob`ektiviga muhrladik. 

Ularning eng saralarini siz bilan bo`lishamiz.

Eslatib o`tamiz, hudud O`zbekiston va Tojikiston chegarasida, Shahrisabzdan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloq har tomondan baland tog`lar bilan o`ralgan, sharqda 4000 metrdan ortiq balandlikka etadi. Bu O`zbekistonning eng baland tog` qishloqlaridan biri.

Oybek Shukurov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1