1

Ellikqal`ada YPX avtomobili bilan to`qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Jamiyat 12.08.2022, 08:56
Ellikqal`ada YPX avtomobili bilan to`qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Qoraqalpog`istonning Ellikqal`a tumanida Lacetti va YPX avtomobili bo`lgan Nexia-3 o`zaro to`qnashdi. Qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan birinchi mashina haydovchisi vafot etgan.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati Ellikqal`a tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berdi.

10 avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumani hududidan o`tuvchi 4H-155 «Bo`ston-Sarabiy» avtomobil yo`lining 10-kilometrida ikki avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, uning ishtirokchilaridan biri yo`l-patrul xizmati avtomobili bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, Lacetti haydovchisi, 1977 yilda tug`ilgan Z.Yu (u avtotransport boshqarish huquqiga ega bo`lmagan ehtiyotsizlik oqibatida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va YPX xodimi, 1981 yilda tug`ilgan N.A.ga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomobili bilan to`qnashgan.

Hodisa natijasida Lacetti haydovchisi Z.Yu olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ellikqal`a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1