Joriy yilning o`tgan 7 oyi davomida Toshkent shahri hududida jami 544 ta YTH sodir bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, sodir bo`lgan 544 ta YTHda jami 61 nafar fuqaro vafot etgan bo`lib, shundan 7 nafari voyaga etmaganlar.
Shuningdek, 664 nafar fuqaro YTHlarda jarohatlangan, jarohatlanganlarning 83 nafari voyaga etmaganlardir.