1

Toshkentda Samarqandda bo`lib o`tgan ShHT sammiti yakunlari muhokamasiga bag`ishlangan Xalqaro konferensiya boshlandi

Siyosat 29.09.2022, 11:51
Teglar: ​Samarqand, ShHT
Toshkentda Samarqandda bo`lib o`tgan ShHT sammiti yakunlari muhokamasiga bag`ishlangan Xalqaro konferensiya boshlandi

Toshkent shahrida gibrid formatda «ShHT Samarqand sammiti: Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, barqaror rivojlanishga qo`shilgan hissa» mavzusiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.

Tadbir O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bilan o`zaro hamkorlikda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi ko`magida tashkil etilmoqda. Tadbirda ShHTga a`zo davlatlar, shuningdek, uzoq xorijdagi qator davlatlar, jumladan, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning ekspert va tahliliy doiralaridan 30 dan ortiq taniqli vakillar ishtirok etmoqda. 

 Anjuman ishtirokchilarini O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov, SMTI direktori Eldor Oripov, MOXI rahbari Anvar Nosirov, ShHT Bosh kotining o`rinbosari Grigoriy Logvinov,  ShHT MATT direktori Ruslan Mirzaev qutladi.

Uchrashuvda konferensiya ishtirokchilari Samarqandda bo`lib o`tgan ShHT sammiti yakuni, tashkilot doirasida xavfsizlikni ta`minlash, savdo-iqtisodiy aloqani faollashtirish, transport-logistika tizimida o`zaro bog`liqlikni kuchaytirish, madaniy-gumanitar munosabatni mustahkamlash kabi masalalar muhokama qiladilar.

O`zbekiston Prezidenti sammit doirasidagi nutqida bildirgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo`lida Samarqand birdamlik tashabbusiga alohida e`tibor qaratiladi.

Ekspertlar mazkur tashabbusning mohiyati, ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashadi, g`oyaning amaliy mazmunini boyitish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan konseptual hujjatlar batafsil ko`rib chiqiladi. 

Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Samarqandda o`quvchi qizga shilqimlik qilgan o`qituvchi atiga 3 sutkaga qamaldi

06.05.2024, 15:23

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug`ilgan yigit 24 yanvar kuni soat 11:30 larda o`zi ishlab kelayotgan Urgut tumanidagi maktabda dars o`tish jarayonida shu maktabning 11 sinfida...
Samarqandda 8 sinf qizni urib yuborgan haydovchi maktab o`quvchisi ekani aniqlandi

06.05.2024, 14:19

Samarqand shahrida 29 aprel kuni Cobalt mashinasi 15 yoshli o`quvchi qizni urib yuborgani, oqibatda qiz tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.Soat 17:00...
Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1