1

"Osmondagi bolalar-3" badiiy filmining tasvirga olish jarayoni boshlandi

Jamiyat 06.10.2022, 09:57
"Osmondagi bolalar-3" badiiy filmining tasvirga olish jarayoni boshlandi

"Osmondagi bolalar" filmining birinchi va ikkinchi qismlari, xalqimizga manzur bo`lgan va tomoshabinlarning qalblarida ijobiy iz qoldirgan edi.

Suratga olinayotgan filmning uchinchi qismida film qahramonlarining voyaga etgan davrlaridagi voqealar xaqida so`z ketadi. 

Filmning postanovkachi rejissyori - Zulfiqor Musoqov, Ikkinchi rejissyor - Muattar Mirredjabova, Postanovkachi operator - Azizbek Arziqulov, Postanovkachi rassom - Mariya Soshina, Liboslar bo`yicha rassom - Irina Litvinenko, Kartina direktori - Shuhrat Hamidullaevlar ayni paytda qizg`in ish olib borishmoqda.

Ijodiy guruh filmning 3-qismi ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishiga umid bildirmoqda, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1