1

Sardoba va Farg`ona tumanlariga hokim tayinlandi

Siyosat 17.10.2022, 12:27
Teglar: Farg`ona, Sardoba
Sardoba va Farg`ona tumanlariga hokim tayinlandi

Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzaev Akmal Arzievich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.

A.Mirzaev 1971 yilda tug`ilgan. 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-moliyachi. Turli yillarda Qishloq xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Deputatlar Akmal Mirzaev nomzodini tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqladi.

Shuningdek, xalq deputatlari Farg`ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hamidullo Tojievich Inomov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

H. Inomov 1982 yilda Farg`ona viloyati Buvayda tumanida tug`ilgan.  U O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma`muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Sharhlar

Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi

15.05.2024, 13:27

Farg`onada "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimining faol a`zosi bo`lgan Abdumutal Abdurahimov qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan...
Farg`onada Milliy gvardiya xodimi o`quvchilarga tarsaki tushirdi(video)

14.05.2024, 12:51

Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo`shtepa tumanidagi maktabda o`quvchilariga tarsaki tushirgan xodim ishi yuzasidan ma`lumot berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanida joylashgan maktabda Milliy gvardiya xodimi maktab...
Farg`onadagi avtoturargohda nazoratchi ayol va haydovchi o`rtasida janjal kelib chiqdi

19.04.2024, 13:43

Joriy yilning 11 aprel kuni Farg`ona shahardagi  “Shodlik Qirguli avto” MChJda nazoratchi bo`lib ishlovchi Z.S. (ayol) hamda Farg`ona-Toshloq yo`nalishida qatnovchi haydovchi B.O. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1