O`zbekiston qamoqxonalarida qancha mahbus saqlanayotgani ochiqlandi

Jamiyat 12.11.2022, 12:01
O`zbekiston qamoqxonalarida qancha mahbus saqlanayotgani ochiqlandi

O`zbekistonda mavjud bo`lgan 54 ta jazoni ijro etish koloniyasidan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonlaridir. Jazoni ijro etish tizimida 26 mingdan ortiq, shundan 8 mingdan ortig`i manzil koloniyada, 18 mingdan ortiq mahkumlar boshqa turdagi koloniyalarda jazo muddatini o`tamoqda.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasining kengaytirilgan yig`ilishida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, umumiy, qattiq, maxsus, turma tartibli va tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan telefon so`zlashuvlari, uchrashuvlari hamda jo`natma qabul qilishlari soni qariyb ikki barobar ko`paytirildi.

 Manzil-koloniyalarda jazo muddatini o`tayotganlarning pensiya olish huquqlari qonun bilan belgilandi. 

Bundan tashqari, mahkumlarning iltimosiga ko`ra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali so`zlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so`zlashuvga almashtirilishi yo`lga qo`yildi. Jazo muddatini o`tayotgan shaxslarning olis masofadan keluvchi yaqin qarindoshlari ovoragarchiligiga barham berish maqsadida masofali uchrashuv xonalari tayyorlandi. Kam ta`minlangan oila vakili bo`lgan jazo muddatini o`tayotgan shaxslar yuqori haq to`lanadigan ishlarga jalb etilishi ta`minlandi.

Xalq tomonidan “toshturma” deb atalib, salbiy ta`riflangan UYa 64/1 tergov hibsxonasi yopildi, o`rniga xalqaro standartlarga to`liq javob beradigan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yangi 1-son tergov hibsxonasi qurilib, 2018 yilda foydalanishga topshirildi. “Jasliq” koloniyasi tugatildi va unda saqlangan mahkumlar respublikaning boshqa koloniyalariga o`tkazildi.

Ta`kidlanishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ga jazoni ijro etish koloniyalariga hech qanday moneliksiz kirish huquqi berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1