1 500 dollarlik ish "pishmadi" (video)

Jinoyat 22.11.2022, 02:03
1 500 dollarlik ish "pishmadi" (video)

So`nggi paytlarda "korrupsiya" tinimsiz yuz berayotgan hodisalar va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada har kuni ro`y berayotgan voqealar ortidan anchagina "nom qozondi". 

Toshkentda bu bilan bog`liq yana bir ish yuz berdi. Bu hokimlik yuristining pora bilan qo`lga olingani bilan bog`liq. Bugun Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Bizga ma`lum qilinishicha, sudlanuvchi Yakkasaroy tuman hokimligida bosh yuristkonsult lavozimida ishlagan. Bir fuqaro tomonidan ochilgan do`konning egalik huquqini bekor qilish yuzasidan sudlar tomonidan ko`rilayotgan apelyasiya ishini sudda ishlovchi tanishlari pora berish orqali uning foydasiga ijobiy hal etib berishini va`da kiladi. Aldab, uning ishonchiga kirib, buning evaziga 1 500 AQSh dollarini berishini talab qiladi. Mazkur masalani ijobiy hal qilishlik uchun oldindan 500 AQSh dollari pullarni olib, ushbu pullarni o`z ehtiyojlariga sarflaydi. Fuqaroga va`da qilgan harakatlarini umuman bajarmay, qolgan 1000 AQSh dollarini keyin olishga kelishishgan.

Biroq, fuqaro bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat etgan va uning arizasiga asosan Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi xodimlari hamda O`zbekiston Respublikasi DXX xodimlari bilan hamkorlikda fuqaroning arizasi yuzasidan hamda boshqarma boshlig`ining shu kundagi buyrug`iga asosan Yakkasaroy tumani, Shoxjaxon ko`chasida joylashgan foto xizmatlarni ko`rsatuvchi do`kon oldida soat taxminan 15:10 larda o`tkazilgan tezkor tadbirda,  kelishilgan va olishi lozim bo`lgan 50 AQSh dollariga kimyoviy ishlov berilgan jami 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Sudga oid kimyo ekspertizasining xulosasiga ko`ra, tekshirish uchun taqdim etilgan bir dona 50 AQSh dollarida kukun izlari mavjudligi, ular taqdim etilgan maxsus kukun namunasi bilan o`zaro durdosh ekanligi, shuningdek, ushbu 50 AQSh dollari kupyurasida  “PORA” yozuvlari mavjud bo`lib, ular taqdim etilgan maxsus qalamning qog`ozdagi yozuv namunasi bilan o`zaro turdosh ekanligi va taqdim qilingan sudlanuvchining o`ng va chap qo`llari kaftlaridan va shimining chap cho`ntagidan olingan kesmada kukun izlari mavjud bo`lib, ular taqdim etilgan maxsus kukun namunasi bilan o`zaro turdosh ekanligi aniqlangan.

Sudlanuvchi quyidagilarni bildirib o`tdi:

— 2018 yildan tanish bo`lgan shaxs mendan bir necha marotaba qarzga pul olib, o`z vaqtida qaytarib berib yurgan. U bilan bu masalada o`rtamizda bir necha qarz oldi berdilar bo`lgan. Lekin bir-birimizga xusumat va e`tirozlar bo`lmagan.

Sudlanuvchi O`zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 1-qismi va 211-modda 1-qismi orqali aybdor deb topildi. U uzil-kesil o`tash uchun 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, unga 2 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1