1

Parkentda qizlar o`rtasida janjal bo`ldi. IIBB tafsilotlarni ma`lum qildi (video)

Jamiyat 22.11.2022, 10:46
Teglar: Video, Parkent
Parkentda qizlar o`rtasida janjal bo`ldi. IIBB tafsilotlarni ma`lum qildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Parkentda qizlar janjallashdi” izohi bilan video tarqalmoqda.

Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan o`rganildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati.  Ma`lum bo`lishicha, videodagi voqea, 2022 yilning iyun oyida, Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar, 2003 va 2004 yilda tug`ilgan bitiruvchi (o`quvchi) qizlari o`rtasida kelib chiqqan.

Shu kunga qadar, ular yoki yaqinlari tomonidan Ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bog`liq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.

Voqea janjalni tomosha qilgan 20 yoshli yigit S.Z. tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.

O`rganish davomida, ushbu shaxslarning xatti-harakatida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari bo`lganligi sababli, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.

 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1