1

Parijda Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi (video)

Siyosat 22.11.2022, 15:42
Parijda Shavkat Mirziyoevni  rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi (video)

Bugun, 22 noyabr kuni Parijdagi an`anaviy ravishda rasmiy tadbirlar o`tkaziladigan Faxriylar uyida rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi harbiy xizmatchilari saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi. Gvardiyachilar davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib o`tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo`yicha vaziri Olive Besht faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.

Marosimdan so`ng O`zbekiston delegasiyasi Fransiya Prezidentining qarorgohi – Elisey saroyiga yo`l oldi. U erda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1