1

Prezident Shavkat Mirziyoev Parij tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Siyosat 23.11.2022, 09:01
Prezident Shavkat Mirziyoev Parij tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiyaga ikki kunlik rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga rasmiy tashrifi samarali bo`ldi.

Tashrifning ikkinchi kunida Fransiya Milliy yig`ini Raisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. O`zbekiston va Fransiya Prezidentlari Elisey saroyida muzokara o`tkazdilar, rafiqalari bilan birgalikda Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida O`zbekistonning madaniy merosiga bag`ishlangan yirik ko`rgazmalar bilan tanishdilar.

Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlari yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Qo`shma bayonot qabul qildilar.

Umuman, O`zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 14 ta kelishuv qabul qilindi. Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2023-2025 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish bo`yicha strategik sheriklik to`g`risidagi bitim hamda Tashqi siyosiy idoralar o`rtasidagi 2023-2024 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi shular jumlasidan.

Madaniy-tarixiy meros, maktabgacha, xalq va oliy ta`lim, davlat xizmatini rivojlantirish sohalarida hamkorlik to`g`risida deklarasiyalar ham imzolandi.

Fuqarolik aviasiyasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, sudyalarning malakasini oshirish, fransuz tilini o`qitish va boshqa yo`nalishlarda hujjatlar qabul qilindi.

Umumiy qiymati 6 milliard evrodan ziyod bo`lgan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, “Parij-Orli” aeroportida oliy martabali mehmonni Fransiya hukumatining rasmiy shaxslari kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1