Jondor tumanida yashovchi 30 yoshli ayol va shu tumanda yashovchi 1994 yilda tug`ilgan erkak bilan yashirincha ishqiy munosabatga kirishadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ayolning asli niyati boshqa bo`lgan. Erkak bilan birgalikda yashirincha qilgan jinsiy aloqa jarayonini shaxsiy telefoniga video tasvirga olib, ushbu video tasvirni erkakning oila a`zolariga ko`rsatish hamda turmush o`rtog`idan ajratib yuborish bilan qo`rqitib, undan tovlamachilik yo`li bilan 200 million so`m miqdoridagi pullarni talab qiladi. Lekin uning o`ylagani amalga oshmadi.
2022 yil 12 noyabr kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu tovlamachi ayol kimyoviy ishlov berilgan 99 million 600 ming so`m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.