1

Birovning shaxsiy video va fotosuratlarini internetda tarqatib sharmanda qilmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 24.11.2022, 19:05
Birovning shaxsiy video va fotosuratlarini internetda tarqatib sharmanda qilmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi

Unda, fuqaro Z.X.(muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro A.J.ning qadr-qimmati va obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan video va fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborishi bilan qo`rqitib, evaziga undan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1