1

“UzAuto Motors” – “Eng talabgir ish beruvchi” deb topildi

Iqtisodiyot 25.11.2022, 18:52
“UzAuto Motors” – “Eng talabgir ish beruvchi” deb topildi

Kuni kecha, 24 noyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida ”DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

UzAuto Motors davlat kompaniyalari orasida “Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi” nominasiyasiga sazovor bo`ldi.

«DaVinchi mukofoti» tanlovi 2016 yildan buyon har yili yurtimizda DaVinci Management Consulting tomonidan o`tkazib kelinadi. Unda O`zbekistondagi yirik ish beruvchilar mahalliy, davlat va xalqaro kompaniyalar 13 nominasiyada ishtirok etib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun mukofotlanadi. Joriy yil UzAuto Motors AJ ham ushbu tanlovda faol ishtirok etdi va munosib taqdirlandi.

Bugungi kunda kompaniyada 12 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritib, kompaniya rivojiga hissa qo`shmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1