Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiyaning O`zbekistondagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, uchrashuv davomida O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi tomonlarning o`zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi. Turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi ko`rib chiqildi.
Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash ko`rsatkichlarini yanada oshirish, investisiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo`jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qo`shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Oleg Malginovga millatlararo do`stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun "Xalqlar do`stligi" ko`krak nishonini topshirdi.