“O`zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” a`zolari tomonidan Ustyurt regionidagi yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish hamda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holati o`rganildi

Iqtisodiyot 27.11.2022, 10:27
“O`zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” a`zolari tomonidan Ustyurt regionidagi yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish hamda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holati o`rganildi

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko`paytirish va texnologik ob`ektlarni qurish bo`yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o`rganildi.

O`rganish ishlarining ikkinchi kuni, Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o`stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burg`ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida, “Sharqiy Arslon” maydoni 1-sonli, “Quyi Sharqiy Berdaq” 4-sonli va “Quyi Shimoliy Berdaq” 4-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg`ilash ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

“Arslon” koni 30-sonli, “Sharqiy Berdaq” koni 86-sonli quduqlarda olib borilayotgan kapital ta`mirlash ishlari o`rganildi hamda “Ishchi guruh” a`zolarining tashrifi davomida, “Shimoliy Berdaq” koni 35-sonli quduqda murakkab ta`mirlash ishlari yakunlanib, quduq o`zlashtirildi.

Shundan so`ng, “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi burg`ilanayotgan 10, 12-sonli va “Sharqiy Berdaq” konidagi 97-sonli ishlatish quduqlaridagi burg`ilash ishlarining borishi nazorat qilindi.

O`rganishlar davomida quduqlarni burg`ilash va ta`mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib, boshqarma va tegishli departament boshliqlariga ishlarni tezlashtirish bo`yicha vazifalar belgilab berildi.

Boshqarmadagi texnologik ob`ektlarda, jumladan “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasida 1 ta qo`shimcha quvvati kuniga 3 mln. kub metr gazni kompleks tayyorlash vazifasini bajaruvchi texnologik tarmoqni qurish loyihasi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlari ham joyidan ko`rib chiqildi.

Hozirgi kunda yangi tarmoqdagi 6 ta texnologik apparatlar uchun temirbeton fundament quyish ishlari bajarilib, 3 ta apparatlar joyiga o`rnatilgan.

Qurilish ishlarini nazorat qilish jarayonida, qolgan texnologik apparatlar, po`lat quvurlar, quvur armaturalari va boshqa zarur material-texnik resurslarni etkazib berish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish bo`yicha pudratchi tashkilot vakillariga, mas`ullarga ko`rsatmalar berildi.

O`z navbatida Boshqaruv raisi “Arslon” kompleksida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning yashash sharoitlarini shaxsan o`rganib, ularning mehnat qilish va dam olishlari uchun yana qanday imkoniyatlar qilib berilishi bo`yicha, ularning o`zi bilan suhbatlashdi hamda korxona rahbarlariga har bir holat yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi ishchi-xodimlarning vaxta usuldagi ishlash jarayonlarida aholi yashash joylaridan olis cho`l hududlarida faoliyat yuritishlarini inobatga olib, eng avvalo ularning zaruriyat bo`lganda tibbiy yordam olishlari, transport vositalari bilan hamda aloqa o`rnatish uchun etarli vositalar bilan ta`minlanganlik holatlarini o`rganib, eng avvalo ularning xohishlariga ko`ra, bundan keyin ham barcha zarur qulayliklar yaratib borilishini ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Ustyurt boshqarmasi bo`yicha 3 772,5 mln kub metr tabiiy gaz va 35,5 ming tonna gaz kondensati qazib olinib, gaz qazib chiqarish o`tgan yilga nisbatan 121,7% ni tashkil etdi.

Bu ko`rsatkichlarga erishish uchun 2022 yilning ortda qolgan davrida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko`rsatkichlarining bajarilishini ta`minlashga qaratilgan jami 49 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oshirildi. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hisobiga esa, qo`shimcha 769,9 mln kub metr tabiiy gaz, 20,8 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1