8 sentyabr kuni hayotdan ko`z yumgan 96 yoshli Buyuk Britaniya qirolichasi hujjatlarida o`lim sababi sifatida qarilik qayd etilgan.
Ammo qirollik biograflaridan biri Elizaveta II hayotining so`nggi yillarida saratonga qarshi kurashganini e`lon qildi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.
Qirolichaning turmush o`rtog`i shahzoda Filippning yaqin do`sti, biograf Djayls Brandret qirolicha orqa miya saratoniga (mieloma) chalinganini aytmoqda. U o`z so`zlarini qirolicha o`limidan oldin harakatlanish imkonini yo`qotgani, ozgani va tez charchab qolishi bilan isbotlamoqda.
Brandret marhum qirolicha haqida kitob yozgan. Bukingem saroyi hozircha Brandretning so`zlariga javob qaytarmadi.