O`zi nima bo`lgan edi? Shov-shuv bo`lgan Samarqanddagi er-xotin janjali guvohlari tafsilotlarni gapirib berishdi (video)

Jamiyat 28.11.2022, 18:03
O`zi nima bo`lgan edi? Shov-shuv bo`lgan Samarqanddagi er-xotin janjali guvohlari tafsilotlarni gapirib berishdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ayol turmush o`rtog`idan qochib qutulish uchun birovning mashinasiga o`tirishga majbur bo`lgani aks etgan video tarqalganligi haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan dastlabki ma`lumotlarni taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, Samarqand shahridagi ko`chalarning birida bir ayol va erkak o`zaro janjal qilishayotgan vaqtida, ayol ko`chadan o`tib ketayotgan mashinaga o`tirib, IIBga qo`ng`iroq qilishni, eri uni urayotganligini aytgan. Haydovchi bu haqda 102 raqami orqali murojaat qilgan.

Biroz avval voqea qahramonlarining o`zlari holatga izoh berishdi. Ayolning gaplariga qaraganda u turmush o`rtog`idan so`ramasdan chet elga chiqish uchun pasport tayyorlatgan. Bundan turmush zrtog`ining jahli chiqqanini bilgan ayol bir kecha o`rtog`ining uyida tunab qolgan. Ertalab ko`chaga chiqqan ayolning ko`zi turmush o`rtog`iga tushadi va yo`l yuzida turgan mashinaning ichiga berkinishga urinadi. Voqea haqida bataqsil quyidagi videoda bilib olishingiz mumkin.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1