1

Ombudsmanga zo`ravonlikka uchrayotgan qiz haqida anonim murojaat etib keldi

Jamiyat 28.11.2022, 22:18
Ombudsmanga zo`ravonlikka uchrayotgan qiz haqida anonim murojaat etib keldi

“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida”gi qonunning 10-moddasida anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko`rib chiqilmasligi belgilangan. Lekin ushbu murojaatda zo`ravonlik holati keltirilgani sababli u Ombudsman tashabbusiga ko`ra voqea joyiga chiqib o`rganildi.

Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaatda ko`rsatilgan manzilga Pop tumani “Olmazor” MFYdagi xotin-qizlar faoli M.Mavjutova, IIB hudud profilaktika katta inspektori bilan birga borganida ushbu xonadonda 2-guruh nogironi bo`lgan E.O`. ismli qiz yashashi aniqlandi.

Anonim murojaatda zo`ravonlikka uchrayotgani bayon etilgan ushbu qizning ruhiy hastaligi va qulog`i yaxshi eshitmasligi sababli oila a`zolari unga baland ovozda gapirishi ma`lum bo`ldi. Qiz bilan xoli suhbatlashilganda ham unga nisbatan hech qanday tazyiq, jismoniy va ruhiy zo`ravonlik bo`lmagani qayd etildi.

Murojaatni o`rganish davomida 2-guruh nogironi bo`lishiga qaramay, E.O`. tuman poliklinikasi tomonidan hech qanday tibbiy ko`rikdan o`tkazilmagani aniqlandi. Shu kunning o`zida tibbiy ko`rik tashkil etilib, E.O`. va onasining salomatligi tekshirildi.

O`rganish davomida qizning onasi bilan ham suhbat o`tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Hozir E.O`.ning salomatligi nazoratga olingan. MFY mutasaddilari, IIB profilaktika inspektori, Pop tumani nogironlar jamiyati vakillari doimiy ravishda uning holidan xabar olib turilishi yo`lga qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1