1

“100 mln dollar berasan yoki…” Minerva City asoschisi Jahongir Ortiqxo`jaevni shantaj qilishda aybladi (video)

Jamiyat 28.11.2022, 23:17
“100 mln dollar berasan yoki…” Minerva City asoschisi Jahongir Ortiqxo`jaevni shantaj qilishda aybladi (video)

Minerva city kompaniyasi vakilining OAVga bergan intervyusi muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Unda Minerva City asoschisi Jahongir Ortiqxo`jaevni shantaj qilishda aybladi. 
“Ortiqxo`jaev menga yoki 100 mln dollar berasan, yoki Lake City loyihasidan voz kechasan, dedi”, - deydi u. 

Holatga Toshkent shahar hokimligi munosabat bildirdi. 

“Tarqatilayotgan Minerva siti kompaniyasi vakili Murali Lal Jalanning intervyusida Toshkent shahar hokimiga nisbatan aytgan gaplari huquqiy baho berilmagunga qadar davlat xizmatchisini obro`sizlantirishga qaratilgan deb hisoblaymiz.

Murali Lal Jalanning gaplarini asosli yoki asossizligini tekshirish uchun va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko`rishlarini so`rab O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qilinadi.

Barcha ommaviy axborot vositalarini O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu holatni qonuniy asosda o`rganib chiqilgunga qadar, asossiz ma`lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz“, - deyiladi rasmiy munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1