1

Boku tinchlik shartnomasi bo`yicha Erevanga javob qaytardi

Dunyo 29.11.2022, 09:06
Boku tinchlik shartnomasi bo`yicha Erevanga javob qaytardi

Erevan Bokuning tinchlik shartnomasi bo`yicha takliflariga javobini oldi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

“Biz Ozarbayjonga munosabatlarni tartibga solish bo`yicha o`z takliflarimizni, ya`ni tinchlik shartnomasi loyihasini taqdim etgandik va kecha ularning javoblarini oldik. Shu bois muhokamalar davom etmoqda”, — dedi u. 

Vazirning ta`kidlashicha, Armaniston tomoni bu masalada imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga umid qilmoqda. 

“Bu jarayonda xalqaro hamkorlarimizning vositachilik harakatlari ham muhim rol o`ynashi mumkin”, — deya qo`shimcha qilgan Mirzoyan.

Vazir Ozarbayjon tomonidan qanday javob olingani tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1