1

Tanzilla Narbaeva Rossiya Davlat Dumasi raisi bilan uchrashdi

Siyosat 29.11.2022, 13:50
Tanzilla Narbaeva Rossiya Davlat Dumasi raisi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Matbuot xizmatining xabar berishicha, Tanzilla Narbaeva Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi V.Volodinni qabul qilgan.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik aloqalari, xususan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, innovasion, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish, ta`lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish hamda parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.

Senat Raisi so`nggi yillarda ikki davlat o`rtasidagi parlamentlararo hamkorlik sohasidagi yutuqlar, jumladan, shu yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida bo`lib o`tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiya yakunlari hamda ushbu sessiya MDH parlamentlari o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichini boshlab berganiga to`xtalib o`tgan.

O`z navbatida, Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi raisi V.Volodin parlamentlar imkoniyatlari doirasida ikkala davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta`minlash muhimligini ta`kidlab, bugungi kunda O`zbekiston Rossiyaning muhim iqtisodiy sherigi ekanligiga, mamlakatlar o`rtasida savdo aylanmasi o`sayotganligi va bundan kelib chiqib,  transport, sanoat, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni kuchaytirish zaruratiga urg`u bergan.

Uchrashuv davomida Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi. Shuningdek, halqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1