O`zbekiston AQSh bilan faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettiradi

Siyosat 29.11.2022, 17:44
O`zbekiston AQSh bilan faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettiradi

Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Furqat Sidiqov 29 noyabr kuni Amerika Qo`shma Shtatlarining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xennikni qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, uchrashuvda O`zbekiston—Amerika strategik sheriklik munosabatlarinining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko`rib chiqildi. Tomonlarning faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, O`zbekiston va AQSh Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yig`ilishi bilan bog`liq tashkiliy va mazmunli jihatlar muhokama qilindi. Savdo, investisiya, innovasiya, qishloq xo`jaligi, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.

Elchi AQSh ma`muriyatining O`zbekistonga moliyaviy-texnik ko`mak berish va pandemiyaga qarshi kurashda har tomonlama yordam ko`rsatishni davom ettirishga tayyorligini ta`kidladi. Mintaqaviy hamkorlik masalalariga, xususan, «C5+1» muloqot formati doirasidagi aloqalarga alohida e`tibor qaratildi.

Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. O`zbekistonning afg`on xalqiga ko`maklashish va qo`shni mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa`y-harakatlari yuksak baholandi. Uchrashuvda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O`zbekistondagi missiyasi direktori Mikela Meredit ham ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1