O`zgani qo`rqitish orqali pul talab qilgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Samarqand tumanida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan A.D, ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida noma`lum shaxs feyk xabar orqali uning telegram akkauntiga kelgan kodni bilib, boshqaruvini qo`lga kiritganligi va boshqalar ko`rishi mumkin bo`lmagan fotosuratlarini tanishlariga yuborganligi, shundan so`ng ushbu fotosuratlarni tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo`rqitib undan 200 AQSh dollari miqdorida pul talab qilganligini bildirib, noma`lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik yo`li bilan pullarni o`zlashtirmoqchi bo`lgan shaxs Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi 2000 yilda tug`ilgan E.A. ekanligi aniqlangan.
Hozirda E.A.ga nisbatan JKning 165-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...16.11.2023, 12:40
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...10.11.2023, 12:45
Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...04.11.2023, 12:37
Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...