1

IIB xodimini o`ldirgan shaxsni qo`lga olish uchun barcha zarur choralar ko`rilmoqda — Bosh prokuratura

Jinoyat 30.11.2022, 12:09
IIB xodimini o`ldirgan shaxsni qo`lga olish uchun barcha zarur choralar ko`rilmoqda — Bosh prokuratura

Avval xabar qilganimizdek, shu tun Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirildi

Ayni paytda Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Olmazor tumanida IIO FMB profilaktika inspektori qasddan o`ldirilganligi holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Hozirda prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan bo`lib, xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo`lga olish barcha zarur choralari ko`rilmoqda.

Bosh prokuratura jamoasi og`ir judolikka uchragan marhum xodimning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1