1

Shavkat Mirziyoev Putin bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Siyosat 30.11.2022, 14:13
Shavkat Mirziyoev Putin bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Suhbatda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha birgalikdagi sermahsul ishlar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 30 foizdan ziyodga oshdi. O`tgan oyda Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishi muvaffaqiyatli o`tkazildi. 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahrida ikki davlat hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo`shma komissiyaning uchrashuvi bo`lib o`tadi, unda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi joriy va istiqbolli kooperasiya loyihalari ko`rib chiqiladi. Shuningdek, mamlakatlarimiz etakchi sanoat korxonalari va kompaniyalari vakillari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Hududlararo hamkorlik kengaymoqda. Gumanitar almashinuv sohasida uchinchi O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumining samarali natijalari qayd etildi.

Bundan tashqari, ko`p tomonlama formatdagi, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Etakchilar bo`lajak tadbirlar rejasini ham ko`rib chiqdilar.

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, ishonchli va do`stona ruhda o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1