O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonning Samangan provinsiyasida sodir bo`lgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi.
Bayonotda Aybak shahridagi asosan yoshlar qurbon bo`lgan portlash keskin qoralangan. Shuningdek, bunday zo`ravonlik harakatlari mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o`rnatishga hamda milliy kelishuvga erishishga to`sqinlik qilishi ta`kidlangan.
"Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog`ayib ketishini tilaymiz", deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o`tamiz, Aybak shahridagi "Jihodiya" madrasasida peshin namoziga barcha talabalar yig`ilgan vaqtda portlash sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida 35 nafar odam halok bo`lgan, ularning 10 nafari o`quvchilardir.
12.12.2022, 21:45
Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".Ma`lum qilinishicha, Tashqi...26.07.2022, 10:57
Toshkentda bo`lib o`tayotgan “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada BMT Bosh kotibining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili M.Potzel nutq so`zladi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz"...26.07.2022, 10:44
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurgan Afg`oniston tashqi ishlar...26.07.2022, 09:50
Bugun, 26 iyul kuni Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan “Afg`oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi. Tadbirda 100...