Sherzod Kudbiev endilikda soliq tizimidagi ma`lumotlarni ochiq e`lon qilishga tayyor ekanini ma`lum qildi

Iqtisodiyot 01.12.2022, 11:22
Sherzod Kudbiev endilikda soliq tizimidagi ma`lumotlarni ochiq e`lon qilishga tayyor ekanini ma`lum qildi

Soliq qo`mitasi raisi Sherzod Kudbiev davlat soliq xizmati organlari faoliyati endi yanada shaffof bo`lishi haqida e`lon qildi. 

"Raqamli iqtisodiyotga o`tar ekanmiz, demak har bir jarayon bo`yicha raqamlarda ifodalangan ko`rsatkichlarni ochiq e`lon qilishimiz zarur.

So`nggi paytlarda soliq organlari soliq ma`murchiligini raqamlashtirish bo`yicha katta yo`lni bosib o`tdi va bu borada hali ko`p ishlarni qilishimiz lozim. Shu bilan birga, bugungi kunda soliq organlari jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga olingan ma`lumotlarni ochiq e`lon qilishga tayyor.

Shu munosabat bilan, Davlat soliq qo`mitasi soliq organlari faoliyatiga doir ko`rsatkichlar bo`yicha axborotlarni muntazam e`lon qilib borish amaliyotini yo`lga qo`ymoqda.

Eng asosiysi, ushbu ma`lumotlar har oyda davriy ravishda e`lon qilib boriladi hamda ular jamoatchilikka soliq ma`murchiligining strukturasi va dinamikasini ko`rish, ularning ijobiy va salbiy tendensiyalarini kuzatib borish imkonini beradi.

Shunday ekan, soliq ma`murchiligiga oid ko`rsatkichlar nafaqat soliq organlari, balki butun jamoatchilik uchun qiziqarli
va foydali ma`lumotlar hisoblanadi.

Joriy yilning 1 dekabridan e`tiboran har kuni e`lon qilinadigan axborotlarni kuzatib borishingizni va birinchilardan bo`lib soliq ma`murchiligiga doir yangiliklardan xabardor bo`lishingizni tavsiya qilamiz", - deb yozib qoldirdi Kudbiev. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1