Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida 7-sing o`quvchisi yashash hovlisidagi daraxtga o`zini osib qo`ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 28 noyabr kuni Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, 7-sinf o`quvchisi bo`lgan 12 yoshli qiz Z.A. Oltintepa ko`chasidagi uy hovlisida daraxtga o`zini osib, joniga qasd qilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhumaning o`limiga bo`yin a`zolarining sirtmoq bilan tiqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo`lgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.