Qashqadaryoda o`quvchi qizlar yupun kiyimda tungi tadbirga olib chiqildi

Jamiyat 01.12.2022, 14:59
Qashqadaryoda o`quvchi qizlar yupun kiyimda tungi tadbirga olib chiqildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Shaxrisabzda o`tkazilgan tadbirda o`quvchilarning yupun kiyingan holda tushgan fotosi keng muhokamala sabab bo`ldi. 

Xalq ta`limi vazirligi ushbu muhokamalarga munosabat bildirar ekan,  maktab o`qituvchi va o`quvchilarini maktab vaqtidan tashqari, ularning salomatligi hamda xavfsizligiga xavf soladigan turli tadbirlarga jalb qilmaslik bo`yicha doimiy ravishda ogohlantirib kelinishini bildirdi.  

"Afsuski, shunga qaramay ushbu suratdagi kabi ayanchli holatlar yuzaga kelmoqda. Bolalarning maktabdan tashqari vaqtlarda tadbirga jalb etilishi va eng achinarlisi, sovuq ob-havo sharoitiga qaramay ularning yupun kiyimlarda ekanligi ushbu hududdagi har bir mutasaddining aybi, deb hisoblaymiz", deyiladi munosabatda.

Xalq ta`limi vazirligi hudud mutasaddilari sanalgan hokimlar, sektor  rahbarlari, huquq-tartibot organlari mas`ullaridan ta`lim muassasada maktab vaqtidan tashqari tadbirlarni tashkil etayotganda maktab o`quvchi va o`qituvchilarini jalb qilib, bu kabi holatlarga yo`l qo`ymasliklarini qat`iy so`rab qolmoqda. 

Ta`kidlanishicha, joylardagi xalq ta`limi boshqarma, bo`limlari va maktab rahbarlaridan ham tegishli xulosalar chiqargan holda, bunday harakatlarga yo`l qo`ymasliklari yuzasidan qat`iy ogohlantirilgan.  

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat Shahrisabz shahar Yoshlar ishlari agentligi va sektor rahbarlari Yoshlar daftarida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va to`lovlar uchun sertifikatlar topshirish marosimidan olingan surat. Shahrisabz shahridagi 1-maktab hovlisida tashkil etilgan ushbu o`quvchilarga mutlaqo aloqasi bo`lmagan tadbirga bolalar jalb etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1