1

Toshkentda kelin qaynonasini 20 marotaba pichoqladi (video)

Jamiyat 01.12.2022, 20:43
Toshkentda kelin qaynonasini 20 marotaba pichoqladi (video)

Toshkentda qaynona o`z kelini tomonidan yashash xonadonida pichoqlandi. Bu haqda “Millar” dasturida ma`lum qilindi.

Aniqlanishicha, tungi soat 03:00 atrofida kelin qaynonasi uxlayotgan xonaga kirib, unga 20 marotaba pichoq urgan.

"Menga 20 marotabadan ko`p pichoq urdi, agar uyg`onmaganimda aniq meni o`ldirib ketardi. Hozir bitta qo`lim umuman ishlamayapti, lekin kelinim hali ham ozodlikda" — deydi jabrlanuvchi qaynona.

Oila a`zolarining so`zlariga ko`ra, kelin ruhiy sog`lom bo`lgan. Mazkur holatga kelin va qaynona o`rtasidagi nizoli holatlar sabab bo`lgan. 

Avvalroq, kelin qizlik xonadoniga ketib qolgan va 30 oktyabrda buvisi qaytarib kelinlik uyiga olib kelgan. Qudasiga esa o`zini va o`g`lini aytganini qilmayotganligini, qizini 1 oyga olib ketib uy-ishlarini o`rgatishini aytgan.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan JKning 109-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1